Lokomotiv so'nggi nazorat o'yinida Uralni mag'lub etdi

24 yanv 2014, 20:12
Xabar berganimizdek, ayni paytda BAAda o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazayotgan Lokomotiv klubi bugun Rossiya premer-ligasi vakili Uralga qarshi nazorat-sinov o'yinida maydonga tushdi.

O'yin butunlay temiryo'lchilarning nazoratida o'tdi. Ammo birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda yanada hujumga zo'r bergan Lokomotiv futbolchilari ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Vyacheslav Shevchenko va Aleksandr Shadrin kiritgan gollar evaziga oldinga chiqib olishdi. Goldan keyin biroz jonlangan ekaterinburgliklar hisobni qisqartirishga erishdilar. Gol muallifi Asevedo.

Shu natija o'yin so'ngiga qadar o'zgarmay qoldi va bu uchrashuv bilan temiryo'lchilarning BAAdagi yig'ini yakuniga etadi. Ertaga jamoamiz Toshkentga qaytib keladi.

Lokomotiv (Toshkent) - Ural (Ekaterinburg) 2-1. Jebel-Ali (Dubay)

Gollar: V.Shevchenko, A.Shadrin – Asevedo

Lokomotiv:Temur G'aniev, EvgeniyGogol,Anvar G'ofurov, IslomTo'xtaxo'jaev, IslomInomov, DilshodJabborov, AndreyKojokar,ViktorKarpenko, SardorMirzaev, JasurXasanov(katta), Ivan Nagaev.

Ural: Arapov, Pomogaev, Sabirzyanov, Sobolev, Gerasimov, Gvaliya, Gorbanec, Kirillov, Tumasyan, SHHanicin

Manba: lokomotiv.uz