"Lokomotiv" sobiq futbolchisini ortga qaytaradimi?

Sherzod Nurmatov
1 dek 2025
OKMK darvozaboni Javohir Ilyosov sobiq jamoasiga qaytishi mumkin.

Bu haqda Championat.asia muxbiri Tolibjon Qosimov xabar berdi.

"OKMK darvozaboni Javohir Ilyosov "Lokomotiv"ga qaytishi mumkin", – deyiladi xabarda.

Avvalroq "temiryo'lchilar" posboni Rahimjon Davronov klub bilan shartnomani uzaytirmagan va "Andijon"ga o'tgandi.

31 yoshli Ilyosov ushbu mavsum olmaliqliklar tarkibida 25 o'yin o'tkazib, 29 ta gol o'tkazdi va 7 ta bahsda darvozani "quruq" saqladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia