"Lokomotiv" Slovakiyaning 7 karra chempionini mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
18 yanv 2019, 18:58
"Lokomotiv" Dubaydagi ikkinchi sinov-nazorat o'yinini o'tkazdi.

Uchrashuvdagi gollar ikkinchi bo'limda kiritildi. 82-daqiqada Alisher Shog'ulomov bir himoyachini aldab o'tdi va darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, darvozani ishg'ol qildi, 1:0.

89-daqiqada Timurxo'ja Abduholiqov ajoyib vaziyatni ko'kka sovurmadi, 2:0.

"Lokomotiv" - "Jilina" (Slovakiya) 2:0
Gollar:
Alisher Shog'ulomov (82, 1:0), Timurxo'ja Abduholiqov (89, 2:0).
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Farruh Ibrohimov, Sergey Proxorov, Igor Yelich, Diyorjon Turopov, Sadriddin Abdullaev, Jamshid Iskanderov, Seiya Kojima, Filipp Rayevatc, Alisher Shog'ulomov, Timurxo'ja Abduholiqov.
Zaxiradan tushganlar: Mamur Ikromov, Bobur Ergashev, Bobur Otaxonov, Avazbek O'lmasaliev, Jaloliddin Jumaboev, Ulug'bek Abdullaev, Asad Ergashev.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia