"Lokomotiv" saytida tuzatish ishlari olib borilmoqda

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2015
Mana bir necha kundirki, "Lokomotiv" futbol klubining rasmiy sayti www.lokomotiv.uz bazi texnik sabablarga ko'ra ishlamayapti.

Hozirda saytimiz yangicha format (ko'rinish)ga o'tkazilmoqda, shuningdek boshqa xostingga ko'chirilyapti. Bu esa biroz vaqtni oladi. 

Sayt nega ishlamayotgani borasida jamoamiz muxlislari bizga ko'p bora murojaat etishdi. Biz ularni tushunamiz va ayni mavsum o'zining qizg'in pallasiga kirib borayotgan bir paytda sayt bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgani uchun uzr so'raymiz. Lekin yaqin bir hafta ichida www.lokomotiv.uz yangicha ko'rinishda va boshqa xostingda yana xizmatingizda bo'ladi. 

To saytimiz ishlab ketguniga qadar bizni Facebook, Twitter, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borishingiz mumkin. 

Feysbukdagi sahifamiz: facebook.com/PFCLokomotiv

Tvitterdagi sahifamiz: twitter.com/LokomotivUzb

Instagramdagi sahifamiz: instagram.com/pfc.lokomotiv


"Lokomotiv" matbuot-xizmati


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia