“Lokomotiv” PFK bosh direktori “Everton”da malaka oshirdi

Aziz Tukhtamuradov
8 apr 2018, 20:36
O'zbekiston hamda Angliya Futbol Assotsiatsiyalari o'zaro hamkorligi doirasida yurtimizning bir qator jamoalari bosh direktorlari ingliz diyorida bo'lib, “Everton” klubida malaka oshirishdi.

Jumladan, “Lokomotiv” PFK bosh direktori Zokir Seidullaev ham “Everton”ga tashrif buyurib, ushbu klubning ichki infratuzilmasi, akademiyasi, marketing bo'limlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Zokir Ikramovich tashrif davomida ingliz jamoasining o'yinlar o'tkazishga tayyorgarlik jarayoni, muxlislar uchun yaratiladigan qulayliklar, o'yin kuni bo'lib o'tadigan turli tadbirlar, umuman futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish borasidagi tajribasini o'rgandi.

Qolaversa, “Everton” futbol akademiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, ushbu klubning yosh iqtidorlarni tarbiyalash falsafasi to'g'risida ham batafsil ma'lumotga ega bo'lindi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: lokomotiv.uz