"Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvini BAAlik hakamlar boshqarishadi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2014, 14:09
Ertaga oliy liganing 20-turi qoldirilgan o'yini bo'lib o'tadi.
Unda "Lokomotiv" va "Paxtakor" klublari o'zaro to'qnash kelishadi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, uchrashuvni BAAlik hakamlar boshqarib borishadi. Bosh hakam 1982 yilda tug'ilgan Omar Ali Abdulla Juma Al Junaybi bo'ladi. Bu hakam 2011 yildan buyon FIFA hakami sifatida ishlab kelmoqda.

"Lokomotiv" - "Paxtakor"
21 oktyabr. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 17:00
Hakamlar:
Omar Ali Abdulla Juma Al Junaybi, Jasim Abdulla Yusuf Abdulla Al Ali, Zayid Dovud Salmon Kamol, Hasan Muhammad Hasan Al Mahri.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia