

“Lokomotiv” stadionida o'tgan bellashuv qiziqarli ko'rinish oldi. Unda har ikki jamoa ustozlari ham tarkibda bor futbolchilarning deyarli barchasini maydonga tushirish imkoniga ega bo'lishdi. Asosan “temiryo'lchilar” ustunligi ostida o'tgan o'yinda “Loko” 5:1 hisobida g'alabaga erishdi.
O'rtoqlik o'yini:
“Lokomotiv” – “Olmaliq” 5:1
Gollar: O. Blessing (9′), A. Amonov (37′), S. Mustafoev (41′), I. Bikmaykin (55′), T. Kapadze (77′) – Polvonov (68′)
“Lokomotiv”: Sarvar Karimov, Salim Mustafoev, Sherzod Fayziev, Kaxi Maxaradze, Shuxrat Muhammadiev, Ikrom Aliboev, Sanjar Shoahmedov, Bobir Davlatov, Diyor Turopov, Olabiran Blessing Muyiva, Aziz Amonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Temur Kapadze, Sadriddin Abdullaev, Farrux Ibragimov, Sergey Proxorov, Ulug'bek Abdullaev, Idris Bikmaykin, Oleg Zoteev.






