"Lokomotiv" muxlislar maydonga tushgani uchun jarima to'laydi

Aslanov Jasurbek
11 may 2017
RFI tartib-intizom qo'mitasi raisi Artur Grigoryancning so'zlariga ko'ra, Rossiya Kubogi final uchrashuvi - "Ural" - "Lokomotiv" (0:2) bahsida tartibsizliklar uchun "temiryo'lchilar" jarima to'laydi.

"Lokomotiv" muxlislari pirotexnikadan foydalanishdi, klub 60 ming rubl jarima to'laydi. Shu bilan birga "Loko" muxlislari maydonga tushib kyetishdi, buning uchun klub yana 30 ming rubl to'lashiga to'g'ri keladi. "Lokomotiv" va "Ural" futbolchilari o'zini yomon tutgani va qizil kartochkalar uchun 100 ming rubldan jarimaga tortilishadi" - deydi Grigoryanc.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com