“Lokomotiv” mas'uliyatli uchrashuvlarda “Nasaf” va “Paxtakor”ga omad tilaydi

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2018
Bugundan, yani 30 yanvardan e'tiboran O'zbekiston klublari uchun 2018 yilgi mavsum rasman start oladi.

Yurtimizning ikki nomdor jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasi-2018dagi o'z yurishini boshlaydi.

Qarshining “Nasaf” klubi o'z uyida Iordaniyaning “Al Faysali” jamoasiga qarshi bahs yuritsa, pley-offning yana bir o'yinida “Paxtakor” Qatarda “Al G'arafa”ga qarshi maydonga chiqadi.

O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi – Toshkentning “Lokomotiv” klubi mazkur o'yinlarda har ikki jamoaga ham omad tilaydi. Zero guruh bosqichida Vatanimiz shanini himoya qiladigan jamoalar soni ko'proq bo'lgani o'zbek futboli uchun har tomonlama foydalidir.

“Nasaf” va “Paxtakor”ning pley-off bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib olishiga umid bildiramiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lokomotiv.uz