
Bu haqda bizga jamoa murabbiyi Marat Miftaxutdinov xabar qildi. Ammo hozircha o'yinning qayerda bo'lib o'tishi yuz foiz ma'lum emas. Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" oliy liganing 3-turida "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi. Bu o'yin Jizzaxda emas, balki Yangiyerda o'tkaziladi. Chunki Jizzaxdagi yangi stadion hali mavsumga tayyor emas. "So'g'diyona" - "Lokomotiv" bahsi 3 aprel kuni bo'lib o'tadi.