

Jamoa ustozi Yuriy Syominning shartnomasi 31 may kuni yakunlanadi, ammo u moskvaliklarni tark etib bo'lgan. 1 iyundan “Loko”da ish boshlashi kutilayotgan serbiyalik mutaxassis Marko Nikolich esa hali Rossiyaga kelmagan.
Shu bois, klub a'zolari bilan mashqlarni O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi Oleg Pashinin o'tkazmoqda. Pashinin Syominning assistenti sifatida faoliyat yuritardi.



