

Bugun Otabek Mansurov shogirdlari guruh bosqichida ikkita o'yin o'tkazib, har ikkala uchrashuvda ham hisob ochilmadi. “Loko-2004″ dastlab “Saxalin”ga qarshi maydonga tushgan bo'lsa, ikkinchi o'yinni “Sibir”ga qarshi o'tkazdi. Ikkala bahsda ham 0:0 hisobi qayd etildi.
Ertaga yosh “temiryo'lchilar” “Lokomotiv” (Moskva) tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushishadi. Aytgancha, vakillarimiz yakshanba kuni bo'lib o'tadigan “Lokomotiv” – “Dinamo” bahsini bevosita stadionda kuzatishadi. Tashkilotchilar toshkentlik “temiryo'lchilar”ga shunday sharoit yaratib berishdi.



