"Lokomotiv": Kubok o'yini TTYMIda o'tkaziladigan bo'ldi

Narzulla Saydullayev
14 sen 2015
O'zbekiston Kubogining 1/2 final javob uchrashuvidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" bellashuvi ertaga TTYMI stadionida bo'lib o'tadi.

Avvaliga saytimiz orqali o'yinning TTZdagi "Lokomotiv" stadionida o'tkazilishi haqida xabar bergandik. 

Biroq keyinchalik uchrashuvi joyi yana o'zgardi va bugungi oxirgi ma'lumotga ko'ra Kubokning yarim final o'yini TTYMIda bo'lib o'tadi. Bahs soat 18:00da start oladi. 

Yana shuni aytishimiz lozim, ertangi o'yin uchun chiptalar sotuvi yo'lga qo'yiladi. Chiptalar ikki xil narxda belgilangan: CIP - 15 ming so'm, boshqa sektorlar - 5 ming so'm. Chiptalarni ertaga stadionga kiraverishdagi kassadan xarid qilishingiz mumkin. O'yinni yoritish istagida bo'lgan jurnalistlar esa PFL tomonidan mavsum boshida berilgan akkreditatsiya orqali kirishadi.  

O'zbekiston Kubogi. 1/2 final. Javob uchrashuvi

LOKOMOTIV - NASAF

Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), O. Tolibjonov (Toshkent)

Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

15 sentyabr. TTYMI stadioni. 18:00 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz