“Lokomotiv” - ketma-ket ikkinchi yil O'zbekiston chempioni!

Narzulla Saydullayev
19 noya 2017
Bugun Samarqanddagi “Dinamo” o'yingohida Oliy Liga 29-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan muhim bellashuv bo'lib o'tdi.

Unda Toshkentning “Lokomotiv” klubi “Dinamo”ni 5:1 hisobida ustun keldi.

Natijada Oliy Liga-2017 yakunlanishiga yana 1 tur qolganida “temiryo'lchilar” oltin medallarni naqd qilib qo'yishdi. Bu orqali jamoa o'z chempionlik unvonini munosib himoya qila oldi va ketma-ket ikkinchi yil O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi!

Shu tariqa, “temiryo'lchilar” jamoasi o'z sovrinlar muzeyini yana bir chempionlik kubogi bilan boyitadigan bo'lishdi. Bungacha jamoa 2016 yilda ilk bora mamlakat chempioni bo'lgandi. 3 marta - 2013, 2014, 2015 yillarda “Lokomotiv” O'zbekiston chempionati kumush medallariga ega chiqqan. Bir marta – 2012 yilda “Loko” bronza medallarni qo'lga kiritgan. Shuningdek, klub ikki karra (2014, 2016 yillar) O'zbekiston kubogi sohibi sanaladi.


"Lokomotiv" ketma-ket ikkinchi yil O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi!



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia