

O'tgan mavsum Yangier jamoasi tarkibida harakat qilgan kamerunlik forvard Jerom Etame Mpako Lokomotiv futbolchisiga aylandi.
Ma'lumot uchun, Jerom 1996 yilning 11 aprel kuni Kamerunning Yaunde shahrida tug'ilgan.
"Jerom Etame Mpakoga Lokomotivga xush kelibsan deb qolamiz va uning jamoamizdagi faoliyatiga omad tilaymiz", - deyiladi "temiryo'lchilar" xabarida.





