

Ayni paytda "temiryo'lchilar" jamoasi "Nasaf" bilan bo'ladigan bahsga jiddiy hozirlik ko'rishmoqda. Jamoamizning bugungi mashg'uloti ham "Lokomotiv" stadionida o'tdi va u anchagina qiziqarli hamda rangbarang ko'rinish oldi.
Dastlab engil yugurib olingach, chigalyozdi mashqlari bajarildi. Keyin esa to'p bilan muomala mashqlariga o'tildi. Unda asosiy e'tibor oldindagi o'yinda qo'llaniladigan taktikani amalda sinab ko'rishga qaratildi.
Quyida sevimli jamoamizning mashg'ulotidan foto hamda videolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:








