“Lokomotiv” Isfahonda FOTO

Narzulla Saydullayev
13 mar 2016
Bugun erta tongda Eronga uchib ketgan “temiryo'lchilar” manzilga yetib bordilar.

Klub vakillarini mezbonlar aeroportda kutib oldilar va barcha kerakli xujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berdilar.

Jamoa aeroportdan chiqib Parsian Kowsar mexmonxonasiga borib joylashdi. Bugunni o'zida Mirko Yyelichich shogirdlari dastlabki mashg'ulotni o'tkazadilar. Mashg'ulot 18:30da boshlanadi.

Ertaga, 14 mart kuni soat 11:30 klub rasmiylari ishtirokida miting o'tkazilsa, soat 12:30 matbuot anjumani bo'lib o'tadi.


"Lokomotiv" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia