Lokomotiv hujumchisi rus tilidan imtihon topshiradi

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyul 2017, 19:08
Lokomotiv jamoasi hujumchisi Ari Rossiya fuqarosi bo'lishi haqida gapirib o'tdi.

– Lokomotiv prezidenti Ilya Gerkus Rossiya fuqarosi pasportini olish uchun zarur xujjatlarni topshirib qo'yganingizni aytdi. Qachon Rossiya fuqarosi bo'lasiz?
– Bu uzoq davom etadigan jarayon ekanligidan xabarim bor. Lekin bu borada batafsil ma'lumotga ega emasman. 

– Gilermeda bo'lgani kabi, rus tilini qanchalik yaxshi bilishingizni aniqlovchi imtihon topshirasizmi yoki yo'q?
– Aniq bir nima deya olmayman, ammo shunday bo'lsa kerak. Nima bo'lganda ham men imtihonga tayyorman!

– Rossiya terma jamoasidagilardan biror kim siz bilan aloqaga chiqdimi? 
– Hozircha na murabbiy bilan, na uning yordamchilari bilan gaplashmadim. Lekin tan olaman, Rossiya terma jamoasi tarkibida o'ynashni juda ham istayman, – deydi Ari.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru