“Lokomotiv” futbolchilari yangi mavsum oldidan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha normativ topshirishdi

Narzulla Saydullayev
22 fev 2018, 18:07
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi futbolchilari bugun normativ topshirishdi.

Xabaringiz bor,  futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilib borish maqsadida O'FA test-sinovlari o'tkazib kelmoqda.  Mazkur test-sinovlari O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Bugun “Loko” vakillari 30 metrga yugurish,  uzunlikga sakrash,  7x50  metrga yugurish,   “Yo-Yo” test sinovlari,  to'pni belgilangan masofaga qo'lda va oyoqda etkazib berish (darvozabonlar uchun) bajarishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz