"Lokomotiv" futbolchilari O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti qabrini ziyorat qilishdi FOTO

Narzulla Saydullayev
29 noya 2016, 16:43
Ertaga, 30 noyabr kuni O'zbekiston Kubogining final o'yini bo'lib o'tadi. Bunda "Lokomotiv" va "Nasaf" jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.

Ayni paytda Samarqand shahrida bo'lib turgan "Lokomotiv" PFK vakillari bugun muhtaram Yurtboshimiz, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdi.

Ziyoratga shuningdek, "Nasaf" futbol klubi a'zolari hamda ertangi o'yin rasmiylari - O'FF va PFL xodimlari, uchrashuv hakamlari ham tashrif buyurishdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz