

"Temiryo'lchilar" yozgi transfer oynasi vaqtida Javohir Esonqulov ("Qo'qon-1912") va Javohir Sohibovni ("So'g'diyona") qo'shib oldi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, ertangi tanishtiruv marosimida bu futbolchilar bilan birga yana bir futbolchi ishtirok etdi. Hozircha uning legioner ekanligi va hujum chizig'ida o'ynashi ma'lum xolos. Oldinroq saytimizda "Lokomotiv" "Qizilqum"ning nikaragualik hujumchisi Medina Smit bilan deyarli kelishuvga erishgani haqida xabar chiqqan edi. Barchasini ertaga bilib olamiz.
Ma'lumot uchun, tanishtiruv marosimi ertaga 24 iyul kuni "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi. Tadbir soat 11:00da boshlanadi.




