“Lokomotiv” Dubayda. To'qqizinchi kun. Nagaev va Mustafoev qo'shildi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2016, 10:33
“Al-Ahli”ga qarshi o'yindan keyin bosh murabbiy Mirko Yelichich futbolchilarga hordiq chiqarish imkonini yaratib berdi.
Dubaydagi sakkizinchi kunning birinchi yarmida yigitlar trenajyor zaliga tashrif buyurib, o'yindan keyingi tiklanish mashqlarini bajarishdi. Tushdan keyin esa ular mashg'ulotlardan ozod etilishdi.

3

Sakkizinchi kunning eng muhimi voqeasi sifatida ikki nafar futbolchining Amirliklardagi mashg'ulotlarga kelib qo'shilganligini aytish o'rinli. Endilikda himoyachi Salim Mustafoev hamda hujumchi Ivan Nagaev ham murabbiylar shtabining ixtiyorida bo'lishadi. Ular kecha qolgan futbolchilar bilan birgalikda O'zbekiton olimpiya terma jamoasining Iroqqa qarshi uchrashuvini tomosha qilishdi. E'tiborli tomoni, klubimiz a'zosi Ikrom Aliboev bellashuvning 74-daqiqasidan boshlab maydonda harakat qildi.

2

Bugundan e'tiboran Mirko Yelichich mashg'ulotlarni davom ettirdi. Tushga qadar futbolchilar sohil bo'yida shug'ullanishi. Avvaliga qumda, keyin esa dengizda yugurishdi. So'ngra, sohilda to'p bilan ishlashdi. Tushdan keyin mashg'ulotlar maydonga ko'chdi.

1

Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 19 yanvar kuni o'tkazadi. Bo'lajak raqiblar haqida mazkur havola yordamida bilib olishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz