"Lokomotiv" "Dinamo" himoyachisiga jiddiy qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
8 dek 2025
"Arslonlar" mudofaa vakili Oleksandr Kucherenko faoliyatini poytaxtda davom ettirishi mumkin.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi. 

"Dinamo" himoyachisi Oleksandr Kucherenkoga Superligadan ikkita klub qiziqib qolgan. Ular orasida "Lokomotiv" ham bor", – deyiladi xabarda.

34 yoshli o'yinchi ortda qolgan mavsum 30 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi. Transfermarkt portali uni 75 ming evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia