“Lokomotiv” derbiga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
19 avg 2015, 16:30
Oliy ligada chempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv” navbatdagi turni safarda “Bunyodkor”ga qarshi o'tkazadi.

Mazkur bellashuv 22 avgust kuni “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti 19:00.

“Temiryo'lchilar” kechadan e'tiboran Toshkent derbisiga tayyorgarlikni boshlashdi. “So'g'diyona”ga qarshi o'yindan keyingi birinchi mashg'ulot uncha uzoq davom etmadi. Bunda asosan tiklanish mashqlari bajarildi. Bugundan esa to'p bilan ishlashga o'tiladi.

Poytaxt derbisini navoiylik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Zokir Qodirov. Unga qanotlarda Ruslan Samandarov bilan Obid Jumaev ko'mak berishadi. Hakamlar nazoratchisi Shamil Jumaev.

Oliy liga. 19-tur. 22 avgust
Bunyodkor (Toshkent) – Lokomotiv (Toshkent)
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), D. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
PFL vakili: F. Magometov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz