"Lokomotiv" Denis Korostichenkoni iste'foga chiqardi

Alisher
24 avg 2022
Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Denis Korostichenko o'z lavozimini tark etdi.

"2021 yilning 15 dekabridan beri Lokomotiv asosiy jamoasini bosh murabbiy sifatida boshqarib kelgan Denis Korostichenko klub rahbariyati qaroriga binoan iste'foga chiqarildi. Shuningdek, murabbiylar shtabida ishlab kelgan Andrey Miklyaev ham klub tomonidan ishdan bo'shatildi. 

Denis Korostichenkoning iste'foga chiqishiga Lokomotivning Superligada ko'rsatayotgan natijalari sabab bo'ldi. Ayni payt temiryo'lchilar Superliga 16-tur yakunlariga ko'ra, 17 ochko bilan turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turishibdi. Loko hisobida 5 g'alaba, 2 durang va 9ta mag'lubiyat bo'lib, to'plar nisbati 13-21 ko'rinish olgan.

Denis Korostichenko bundan buyon Lokomotiv bolalar futbol maktabi tizimida faoliyat olib boradi", - deyiladi "temiryo'lchilar" xabarida.


AlisherMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати