“Lokomotiv” bugundan yangi mavsum tadorigini boshladi

Aslanov Jasurbek
24 dek 2017, 14:38
O'zbekistonning 2 karra chempioni – “Lokomotiv” bugundan yangi mavsum hozirliklarini boshladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Temiryo'lchilar” jamoasi a'zolari bugun klub qarorgohida yig'ilishdi va dastlabki mashg'ulot bo'lib o'tdi. Unda asosan mahalliy futbolchilar ishtirok etishdi. “Lokomotiv” 9 yanvarga qadar Toshkentda mashg'ulotlar olib boradi. So'ngra jamoa yig'ini BAAning Dubay shahriga ko'chadi. Mavsumoldi dastlabki xorij yig'ini 23 yanvar sanasiga qadar davom etishi ko'zda tutilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia