“Lokomotiv” bugun Minsk yig'ini doirasida dastlabki uchrashuvini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2016
Xabaringiz bor, “Lokomotiv” futbol klubi 12 iyul kuni yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish uchun Belarus poytaxti Minsk shaxriga jo'nab ketgan edi.

Minsk yig'ini davomida jamoamiz ikki o'rtoqlik-nazorat uchrashuvi o'tkazishi haqida oldinroq ma'lumot bergan edik.

Bazi sabablarga ko'ra “temiryo'lchilar” murabbiylar shtabi “Dinamo” klubiga qarshi uchrashuvni bekor qildi va bugun ushbu yig'in doirasida Andrey Miklyaev shogirdlari Grodno shaxri sharafini himoya qiluvchi “Neman” klubiga qarshi birinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 17:00da, Westa Hotel mexmonxonasiga qarashli maydonda  o'tkaziladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz