"Lokomotiv" bugun Jiddaga yo'l oladi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2016
Kecha “Lokomotiv” futbolchilari Toshkentdagi so'nggi mashg'ulotni o'tkazishdi.

Bugun – 28 fevral kuni soat 10:00 da ular Jiddaga – “Al-Ittixod” bilan o'yin uchun yo'l olishadi.

Mirko Yyelichich hamda Andrey Miklyaev asosiy tarkibning barcha futbolchisi bilan mashg'ulot olib borishdi. Ulardan uch nafari – Jasur Hasanov, Rustam Nortojiev hamda Sergey Proxorov poytaxtda qolishadi. Hasanov chempionlar ligasining 1-turida maydondan chetlatilgan, shu boisdan u “Lokomotiv”ning xalqaro maydondagi ikki uchrashuvini qo'yib yuborishga majbur. Dastlabki turni jarohati sabab o'tkazib yuborgan Ikrom Aliboev o'zini yaxshi his qilmoqda va u ertaga asosiy tarkib bilan Saudiyaga jo'nab ketadi.

“Al-Ittixod”ga qarshi takroriy o'yin 1 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:40 da start oladi. 1-turdan keyin har ikki jamoa hisobida 1 tadan ochko bor.

Jiddaga yo'l olgan tarkib:
Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov, Mamur Ikromov
Himoyachilar: Nemanya Yanichich, Islom To'xtaxo'jaev, Sherzod Fayziev, Xurshid Muxtorov, Salim Mustafoev, Oleg Zoteev, Ikrom Aliboev.
Yarim himoyachilar: Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev, Timur Kapadze, Quvondiq Ro'ziev, Server Jeparov, Sanjar Shoahmedov, Sardor Mirzaev.
Hujumchilar: Temurxo'ja Abduxoliqov, Doniyor Usmonov, Marat Bikmaev, Ivan Nagaev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz