"Lokomotiv" bugun 20 nafar futbolchi bilan Eronga yo'l oladi

Tolibjon Qosimov
17 fev 2018
Toshkentning “Lokomotiv” klubi bugun Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvini o'tkazish uchun Eronning Isfahon shahriga yo'l oladi.

“Lokomotiv” 19 fevral kuni Isfahonda “Zob Ahan” jamoasi mehmoni bo'ladi. “Temiryo'lchilar” jamoasi bugun soat 19:00da charter reys orqali uchrashuv bo'lib o'tadigan shaharga yo'l oladi.

“Lokomotiv” murabbiylar shtabi mazkur o'yinga 20 nafar futbolchi olib kyetishni lozim topishdi. O'tgan turda jamoaning ilk goliga mualliflik qilgan braziliyalik futbolchi Nivaldo chap oyog'i mushagini cho'zib olgani sabab bu safar “Lokomotiv”ga yordam bera olmaydi.

“Lokomotiv”ning Eronga yo'l olayotgan tarkibi:

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov, Mamur Ikromov

Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev, Oleg Zoteev, Boburbek Yo'ldashev, Shuxrat Muhammadiev, Igor Yelich.

Yarim himoyachilar: Sadriddin Abdullaev, Ikromjon Aliboev, Sardor Mirzaev, Kaxi Maxaradze, Diyorjon Turopov, Sherzod Karimov, Sanjar Shoahmedov, Sardor Rashidov.

Hujumchilar: Marat Bikmaev, Azizbek Amonov, Husniddin G'ofurov, Idris Bikmaykin, Cho Suk Jae.



Ta'kidlab o'tamiz, “Zob Ahan” – “Lokomotiv” bahsi 19 fevral kuni Isfahondagi “Fuldashahr” stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti – 17:30.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: lokomotiv.uz