"Lokomotiv" bu yilgi mavsumda faqat "Nasaf"dan yutqazdi

14 avg 2015, 00:35
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi ushbu mavsumda ichki chempionat va kubok bahslarida atiga ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchradi.


"Lokomotiv" jamoasi chempionatda hozirgacha o'tkazilgan 17 uchrashuvda faqatgina bir marotaba yutqazgan. Vadim Abramov boshchiligidagi "temiryo'lchilar" 3-turda Qarshida "Nasaf"dan engilishgan edi. Kuni kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogi yarim final dastlabki o'yinida ham "Loko" futbolchilari "Nasaf"ga imkoniyatni boy berishdi.

Shu kungacha ular "Nasaf" bilan ikki bor to'qnash kelishgan bo'lsada, har ikkala bellashuvda ham birorta gol kirita olishgani yo'q.

Chempionat bahsida 1:0, kubok o'yinida 2:0 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Shu tariqa hozirgacha "Paxtakor" va "Bunyodkor" kabi yetakchilarni ham mag'lub eta olgan "Loko" Ro'ziqul Berdiev jamoasiga qarshi muvaffaqiyat qozona olmayapti.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia