Lokomotiv Antaliyada. Uchinchi kun. Tarkibga Bobojonov, Krizo va Kone qo'shildi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2017, 07:20
Yangi mavsumga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini Antaliyada olib borayotgan Lokomotiv futbol klubining manzilga yetib kelganiga bugun uch kun bo'ldi.

Odatga ko'ra bugungi mashg'ulot ham ikki mahal o'tkazildi. Futbolchilarimiz ertalab trenajyor zalida mashq qilgan bo'lishsa, tushdan keyin futbol maydonida mashg'ulot o'tkazishdi.

img_8093

Bugungi mashg'ulotga uch nafar yangi futbolchimiz ham qo'shildi. Bular - Muhammad Kone, Nore Krizo va Murod Bobojonov. Bu futbolchilar kecha tunda mehmonxonaga yetib kelishgani bois murabbiylar biroz dam berishdi. Shu sabab mashg'ulot paytida ularga ortiqcha yuklamalar berilmadi.

img_8435

Jamoaning maydondagi mashg'uloti ham qizg'in kechdi. Temiryo'lchilar bir yarim soat mobaynida avval chigalyozdi, undan keyin to'p bilan mashqlarni bajarishdi. Shuningdek, ikki tarkibga bo'lingan holda futbol o'ynashdi.

img_8522

Kechki payt esa futbolchilarimiz futbol nazariyasi bo'yicha murabbiylardan saboq olishdi. Bunda Lokomotivning 2017 yil hisobidan birinchi rasmiy o'yindagi raqibi Al Taavon (Saudiya Arabistoni) ishtirokidagi bahs o'rganib chiqildi. Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan Al Taavon - Lokomotiv uchrashuvi 20 fevral kuni o'tkaziladi.

img_8594

Antaliyadagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvi 3 fevral kuni Turkmanistonning Oltin Asr klubi bilan bo'ladi. Shu bois ertaga, 2 fevral kuni jamoa bir mahal, faqat kechki payt mashg'ulot o'tkazadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz