"Lokomotiv": "Andijon"ga qarshi o'yin prevyusi

24 apr 2014, 17:24
28 aprel, Toshkentdagi Lokomotiv stadionida, Oliy Liga 6-turi doirasida temiryo'lchilar Andijonga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o'yin prevyusi bilan tanishing.
6 – tur oldidan chempionatdagi holat

2014 yilgi Oliy Liga bahslari doirasida o'tkazilgan 5ta tur o'yinlaridan keyin Toshkentning Lokomotiv klubi turnir jadvalining 3-pog'onasidan o'rin olgan. Oltinchi tur oldidan temiryo'lchilar hisobida 11 ochko bor. Ikkinchi o'rindagi Bunyodkorda ham ochkolar soni shuncha. Faqatgina to'lar nisbatidagi bitta gol farqi hisobiga qaldirg'ochlar bir o'rin yuqoriroqda turibdi.

Ushbu mavsumda Loko hali mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. O'yinlardan ikkitasi – Nasaf hamda Bunyodkorga qarshi kechgan uchrashuvlarda durang qayd etdi. Bu jamoalar bilan o'yinlar 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Navbahor (1:0), Metallurg (1:0) Sug'diyona (3:1) jamoalari  esa mag'lub etildi.

Temiryo'lchilar hujumchisi Ivan Nagaev ushbu tur oldidan 3ta gol bilan chempionat to'purarlari ro'yxatini boshqarib kelyapti. Shuningdek, Dinomo futbolchisi Sanat Shixov hamda Olmaliq a'zosi Sherzod Hakimovlar hisobida ham shuncha gol bor.

Andijon esa XXIII milliy chempionatimiz boshlanganidan buyon hali g'alabaga erishgani yo'q. O'tkazilgan o'yinlarning faqat bittasini durang bilan yakunlay olgan andijonliklar, eng kam gol urgan jamoalardan biri bo'lib turibdi. Vodiyliklar hisobida faqat ikkita gol bor va ular ayni vaqtda turnir jadvalining 13-pog'onasidan o'rin olgan. 

O'zaro o'yinlar

Bu ikki jamoa shu kunga qadar 14 bora o'zaro to'qnash kelgan. Bu o'yinlarning oltitasida temiryo'lchilar vodiyliklardan ustun kelgan. To'rt  o'yinda Andijon g'alaba qozongan. Yana to'rt o'yin esa jurang natida bilan nihoyasiga etgan.

To'plar nisabatida da ham ustunlik Lokomotiv tomonida. Poytaxtliklar burgutlar darvozasiga bugungacha 21 gol kiritgan va 17 bora o'z darvozasidan to'p olib chiqishiga to'g'ri kelgan. 

Toshkent jamoasi o'zining Oliy Ligadagi ilk mavsumida Andijonni har ikki o'yinda ham mag'lub qila olgan.
2007 yilgi mavsumda Andijon har ikki o'yinni o'z foydasiga hal qilgan. 

Quyida o'zaro o'yinlar tarixi bilan tanishib olishingiz mumkin.

2004 yil. O'zbekiston XIII milliy chempionati

Andijon – Lokomotiv – 1:5 (1:4). Navro'z stadioni. 3 000 tomoshabin.
12 iyun, 12-tur.
Hakam: N. Lutfullin – 8,8.
Gollar: S. Akbarov (10-pen., 0:1), O. Usmonxo'jaev (27, 0-2),  SH. Yusupov (31-pen., 1-2), M. Idiatullin (35, 1-3), M. Idiatullin (36, 1-4), V. Xolboev (79, 1-5).

Lokomotiv – Andijon – 3:2 (1:2)
. Jar stadioni. 2000 tomoshabin.
 22 avgust, 15-tur.
Hakam: A. Popov – 8,5.
Gollar: F. Xabibullin (23, 0-1), S. Akbarov (33, 1-1), T. Hamidov (45+1, 1-2), G'. Halimtoev (53, 2-2), SH. Rahmonqulov (86, 3-2)
Amalga oshirilmagan penalti: S. Akbarov (35-davozabon, Lokomotiv)

2006 yil. O'zbekiston XV  milliy chempionati

Andijon – Lokomotiv – 5:0 (3:0). Barkamol avlod stadioni. 5 000 tomoshabin.
8 aprel, 5-tur.
Hakam: S. Zaylobiddinov – 8,3.
Gollar: B. Haydarov (5, 1-0), A. Povalyaev (12 – avtogol, 2:0), U. Isoqov (32, 3-0), B. Hamidullaev (62, 4-0), H, Hoshimov (84, 5-0).

Lokomotiv – Andijon – 2:0 (1:0). Jar stadioni. 850 tomoshabin.
29 sentyabr, 26-tur.
Hakam: M. Ismoilov – 8,6
Gollar: E. Kavalkante (40-pen., 1-0), G'. Halimtoev (85, 2-0)

2007-yil. O'zbekiston XVI milliy chempionati

Andijon – Lokomotiv – 1:0 (0:0). Barkamol avlod stadioni. 8 000 tomoshabin.
7 aprel, 4-tur
Hakam: A. Jalilov – 7,5
Gol: S. Ibodullaev (75, 1-0)

Lokomotiv – Andijon – 0:1 (0:1). Jar stadioni. 2000 tomoshabin.
25 noyabr, 27-tur.
Hakam: J. Xolmurodov – 7,8
Gol: D. Hamidullaev (25, 0-1)

2008 yil. O'zbekiston XVII milliy chempionati

Lokomotiv – Andijon – 2:0 (0:0). TTYMI stadioni. 4312 tomoshabin.
29 avgust, 13-tur.
Hakam: R. Saidov – 8,8
Gollar: I. Xazigaliev (54, 1-0), T. Vasilev (80, 1-0)

Andijon – Lokomotiv – 2:2 (0:1). Barkamol avlod stadioni. 8 684 tomoshabin.
23 avgust, 18-tur.
Hakam: J. Xolmurodov – 9,2.
Gollar: Everton (16, 0-1), L. Mdivnishvili (56, 1-1), L. Mdivnishvili (72, 2-1), A. Nsofor (78-avtogol, 2-2)

2009 yil. O'zbekiston XVIII milliy chempionati

 Andijon – Lokomotiv – 0:1 (0:0).
Barkamol avlod stadioni. 17 431 tomoshabin. 
1-mart, 1-tur.
Hakam: R. Ermatov – 9,6
Gol: I. Rahimov (51)

Lokomotiv – Andijon – 2:2 (2:0). TTYMI stadioni. 892 tomoshabin.
9 noyabr, 30-tur.
Hakam: Seytlin – 9,4
Gollar: R. A'zamov (4), K. Maxaradze (16) – L. Mdivnishvili (67), A. Jo'raboev (85).

2010 yil. O'zbekiston XIX milliy chempionati

Andijon – Lokomotiv – 2:0 (0:0). Barkamol avlod stadioni, 9 623 tomoshabin.
1 may, 7-tur.
Hakam: A Xotamov – 8,2
Gollar: A. Azizov (31), B. Hamidullaev (37)
Chetlatish: A. Nikitenko (Andijon, 57).

Lokomotiv – Andijon – 2:0 (1:0). TTYMI stadioni. 4, 123 tomoshabin.
18 sentyabr, 20-tur.
Hakam: V. Agishev – 8,6
Gollar: S. Abdullaev (27), A. Allaberdiev (85)

2012 yil. O'zbekiston XXI milliy chempionati. 

Lokomotiv – Andijon - 1:1 (0:1). Lokomotiv stadioni 2122 tomoshabin.
11 aprel, 8-tur.
Hakam: H. Ro'ziev
Gollar: I. To'xtaxo'jaev (83) – V. Shishelov (19)

Andijon – Lokomotiv - 0:1 (0:0) ). Barkamol avlod stadioni, 2854 tomoshabin.
14 sentyabr, 19-tur.
Hakam: S. Zaylobiddinov
Gol: J. Oganesyan (76)

Manba: lokomotiv.uz