

Qiziqarli kechgan bahsda hisob ochilmadi. Ammo shuni aytish lozim, o'yinda asosiy ustunlik "Loko" tomonida bo'ldi. Bu o'yinda murabbiylar uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan barcha futbolchilarni sinab ko'rishdi. "Lokomotiv" o'zining navbatdagi uchrashuvini 20 yanvar kuni Rossiyaning "Zenit" klubiga qarshi o'tkazadi.
16 yanvar. O'rtoqlik o'yini
LOKOMOTIV - AL QODISIYA 0:0
"Lokomotiv" tarkibi: Ignatiy Nesterov, Oleg Zoteev, Muhammad Kone, Islom To'xtaxo'jaev, Salim Mustafoev, Timur Kapadze, Sardor Mirzaev, Diyor Turopov, Axissan Junior, Marat Bikmaev, Gnoxere Krizo.
Zaxiradan tushganlar: Mamur Ikromov, Kaxi Maxaradze, Sherzod Fayziev, Shuhrat Muhammadiev, Timur Usmonov, Quvondiq Ro'ziev, Farrux Ibrohimov.



