"Lokomotiv" "Al Nasr" bilan safarda durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
20 apr 2016, 20:45
OCHL 5-turidan o'rin olgan "Al Nasr" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinning 31-daqiqasida Jires Kembo Ekoko jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berib Nesterovni dog'da qoldirdi - 1:0. Birinchi bo'lim oxirida Temurxo'ja Abduxoliqov hisobni tenglashtirdi - 1:1. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

Ikkinchi bo'limda tomonlar gol ura olishmadi va uchrashuvda durang qayd etildi. "Lokomotiv" bugun guruhdan chiqishi mumkin. Buning uchun "Al Ittihod" "Sepaxon"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotishi kerak.


"Al Nasr" - "Lokomotiv" 1:1
MATNLI TRANSLYATSIYA
Gollar: Jires Kembo Ekoko 31 - Temurxo'ja Abduxoliqov 43
"Al Nasr": 12.Ahmad Shambix, 4.Xolid Jalol, 5.Tariq Ahmad (23.Esam Dhahi, 70), 6.Mahmud Hamis, 7.Nilmar (3.Salem Solih, 69), 8.Jires Kembo Ekoko, 10.Luis Ximenez, 11.Jonatan Pitroypa, 16.Amir Shambix, 18.Ahmad Al Yassi, 20.Masud Sulaymon.

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 8.Server Jeparov, 10.Marat Bikmaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Sardor Mirzaev (77.Jasur Hasanov, 73), 17.Salim Mustafoev, 18.Timur Kapadze, 20.Islom To'xtaxo'jaev (44.Sergey Proxorov, 46), 22.Sanjar Shoahmedov, 33.Oleg Zoteev, 37.Sherzod Fayziev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia