

"Temiryo'lchilar" Toshkentda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qilishadi.
"Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadigan o'yin soat 18:00da boshlanadi. Ertadan boshlab esa (22 may) mazkur uchrashuv uchun chiptalar sotuvga chiqariladi. Chiptalar narxi ikki xil: oddiy sektorlar 15 ming so'm, SIP sektor 35 ming so'mdan. Chipta "Bunyodkor" stadioni kassasida sotiladi.



