“Lokomotiv” – “Al Duhail” uchrashuvini yaponiyalik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2018, 15:43
12 mart kuni Osiyo Chempionlar Ligasida 4-tur uchrashuvlari start oladi. Bu safar Toshkentning “Lokomotiv” klubi o'z uyida Qatar chempioni – “Al Duhail”ni sinovdan o'tkazadi.

Mazkur uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi aniq bo'ldi.  Unga ko'ra,  “Lokomotiv” – “Al Duhail” bahsida yaponiyalik hakamlar ishlashadi.  Bosh hakam – Kimura Hiroyuki.  Unga qanotlarda hamyurtlari Ochi Shinji hamda Nishihashi Isao yordam berishadi.  To'rtinchi hakam vazifasini esa hindistonlik Banerji Pranjal bajaradi.

OFK Chempionlar Ligasi / Guruh bosqich
4-tur / Toshkent.  “Lokomotiv” stadioni / 17: 00
“Lokomotiv” (O'zbekiston) – “Al Duhail” (Qatar)
Uchrashuv komissari:  
Dong Jeng (Xitoy)
Hakamlar nazoratchisi:  Kadhum Auda Lazim al Saidi (Iroq)
Bosh hakam:  Kimura Hiroyuki (Yaponiya)
Qanot hakamlari:  Ochi Shinji (Yaponiya),  Nishihashi Isao (Yaponiya)
Zaxira hakami:  Banerji Pranjal (Hindiston)


Ta'kidlab o'tamiz,  “Lokomotiv” – “Al Duhail” qarama-qarshiligi 12 mart,  dushanba kuni “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadi.  O'yin soat 17:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz