"Lokomotiv" - "Al Ayn" chiptalari sotuvda

Narzulla Saydullayev
10 sen 2016
13 sentyabr kuni Osiyo chempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvi doirasida "Lokomotiv" - "Al Ayn" bahsi bo'lib o'tadi.

"Bunyodkor" stadionida kechadigan bahs 19:00da boshlanadi.

Bugundan uchrashuv chiptalari sotuvga chiqdi. Chiptalar narxi ikki xil ko'rinishda. Oddiy sektorlar - 15 ming so'm, CIP - 30 ming so'mdan. Chiptalar "Bunyodkor" stadioni kassalarida sotilmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia