"Lokomotiv" - AGMK. Futbolchilar qanday formada o'ynashadi?

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2018, 13:20
Ertaga, 12 iyun kuni Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi.

Bu safar "Lokomotiv"ga Superliga 15-turi doirasida Olmaliqning AGMK jamoasi raqiblik qiladi.    Bugun mazkur o'yin oldidan har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.  Unda o'yinning tashkiliy masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek,  ertangi bahsni jamoalar qanday libosda o'tkazishlariga ham oydinlik kiritildi.    

Unga ko'ra, "Lokomotiv" AGMK bilan o'yinda maydonga qizil rangli libosda chiqadi.  Formaning pastki qismi esa yashil rangda, mezbon darvozaboni egnida bo'lsa qora rangdagi libos bo'ladi. Mehmonlar oq formada o'ynashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz