

Bugun ushbu musobaqa start oldi. Dastlabki raqibimiz esa Latviyaning “Elgava” jamoasi tarbiyalanuvchilari bo'ldi. Uchrashuvda tarbiyalanuvchilarimiz 1:0 hisobida g'alabaga erishishdi.
“Lokomotiv-2006” “C” guruhidan o'rin olgan bo'lib, “Kyoln” (Germaniya), SSKA (Rossiya), “Elgava” (Latviya), “Tabasalu” (Estoniya) hamda “Shyaulyay” (Litva) kabi jamoalarga qarshi bahs olib boradi.
Takidlash joizki, 10 yildan buyon ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Liepaja Spring Cup” turnirida bir qator nomdor klublar tarbiyalanuvchilari qatnashadi. “Lokomotiv” ushbu musobaqaga Osiyodan taklif etilgan ilk jamoa bo'ldi.




