Lokomotiv: 1-davra tahlili

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2013, 14:13
O'zbekiston XXII milliy chempionatining 1-davra o'yinlarini Lokomotiv klubi ancha muvaffaqiyatli o'tkazdi.
Temiryo'lchilar o'tkazilgan 13 o'yindan 10 tasida g'alabaga erishgan bo'lsa, ikki bor raqiblari bilan murosaga kelishdi. Faqat bitta o'yinda, yani safarda Qarshining Nasaf jamoasiga imkoniyat boy berildi. 1-davrada jamoa 32 ochko jamg'ardi. Lokomotiv hech qachon mavsumning birinchi yarmini bu qadar muvaffaqiyatli o'tkazmagan edi.

Loko futbolchilari o'z maydonida o'tkazilgan barcha 7 o'yinda g'alaba nashidasini surishdi va bu borada jamoamiz Oliy liga vakillari orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turibdi. Uydagi o'yinlarda Lokomotiv ikki bora yirik hisobda (Buxoro - 5:1, Sho'rtan - 3:0) g'alabaga erishgan. Temiryo'lchilar o'z maydonida 21 ochko jamg'arishgan. Safar o'yinlarida esa 11 ochko qo'lga kiritildi: 3 g'alaba, 2 durang va bir mag'lubiyat. Darvoqe, Gulistonda jamoamiz maydon egalaridan yirik 1:5 hisobida ustun kelishdi va bu milliy chempionatimizda safar uchrashuvlarida qayd etilgan eng yirik hisob bo'lib turibdi.

1-davra o'yinlari davomida jamoa futbolchilari hakamlar tomonidan jami 19 bor sariq kartochka bilan jazolanishdi (o'rtacha har bir o'yinga 0,7ta kartochka to'g'ri keladi). Maydondagi intizom borasida Lokomotiv bu yil sezilarli o'sishga erishdi. Ortda qolgan 13 o'yinda bironta ham futbolchi maydonni sheriklaridan barvaqt tark etmagan.

Jamoamiz hujumchisi Farhod Tojiev 1-davrada raqiblar darvozasini 17 marta ishg'ol qildi. U kiritilgan gollarning 15tasini o'yindan, 2tasini penaltidan kiritdi. Kichik Tojiev ikki bor xet-trek qayd etgan bo'lsa, 4 marta dublga erishdi. Umuman, Lokomotiv futbolchilari mavsumning birinchi yarmida raqiblari darvozasiga 33 ta gol urishdi. Shu gollardan bittasini Guliston vakili Jasurbek Otajonov o'z darvozasiga kiritib qo'ydi.

Mavsumning birinchi yarmida Lokomotiv murabbiylari jami 19 nafar o'yinchi xizmatidan foydalanishdi. Bu jamoa o'zagi shakllangani va asosiy tarkib o'yinchilari mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazishayotganidan darak beradi. Jamoa safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar sifatida Pavel Bugalo, Islom Inomov, Islom To'xtaxo'jaev hamda Dilshod Jabborovlarni aytish mumkin. Ular barcha 13 o'yinni to'liq o'tkazishgan. Akmal Xolmatov, Farhod Tojiev, Viktor Karpenko, Sadriddin Abdullaev va Jasur Hasanovlar ham barcha 13 o'yinda maydonga tushishgan. Faqat, ular ayrim o'yinlarda zahiradan tushgan yoki zahiradagi futbolchiga almashtirilgan. Asosiy tarkibdan atigi ikki nafar futbolchi (Aleksandr Shadrin 90 daqiqa, Alan Kusov 18 daqiqa) bittadan o'yin o'tkazgan bo'lsa-da, ularga o'z nomiga gol yozib qo'yish uchun ana shu vaqt etarli bo'lgani e'tiborga molik.

Quyida Lokomotiv jamoasi asosiy tarkib futbolchilarining 1-davra statistikasi bilan tanishasiz:

#

O'yinchi

Amp.

O'yin

Daq.

Gol

SK/QK

1.

Pavel Bugalo

Dar.

13

1170

0

1

2.

DilshodJabborov

YA/him.

13

1170

0

1

3.

IslomInomov

Him.

13

1170

0

4

4.

IslomTo'xtaxo'jaev

Him.

13

1170

0

1

5.

AkmalXolmatov

YA/him.

13

1031

4

0

6.

Farhod Tojiev

Huj.

13

1006

17

2

7.

Viktor Karpenko

YA/him.

13

952

1

1

8.

Sadriddin Abdullaev

YA/him.

13

891

1

1

9.

JasurHasanov

YA/him.

13

670

0

0

10.

Ivan Nagaev

Huj.

12

533

3

2

11.

Salim Mustafoev

Him.

11

893

0

2

12.

SanjarTursunov

YA/him.

11

616

0

1

13.

Zayniddin Tojiev

Huj.

9

320

4

1

14.

Sherzod Sharipov

Him.

8

609

0

1

15.

Dilshod Raxmatullaev

YA/him.

5

151

0

1

16.

Boburbek Yo'ldoshev

Him.

4

360

0

0

17.

Pavel Smolyachenko

YA/him.

2

50

0

0

18.

Aleksandr Shadrin

Huj.

1

90

1

0

19.

Alan Kusov

YA/him.

1

18

1

0

 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz