Lokatelli uch haftaga safdan chiqdi

Alisher
4 apr 2022
"Yuventus" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli oyog'idagi jarohati sabab uch haftaga safdan chiqdi.

"Oyog'idagi jarohat sabab o'yinni tark etdi. Bir qarashda, bu jiddiy emasdek ko'rindi. Ehtimol u 20 kunga safdan chiqdi", - deydi Allegri.

"Qattiq og'riqni his qilmayapman. Yaqin vaqtlarda vaziyatni baholash uchun bir nechta testlardan o'taman", - deydi Lokatelli.

Lokatelli "Inter"ga qarshi A Seriya doirasidagi o'yin paytida Lautaro Martines bilan to'qnashuv oqibatida jarohat oldi.


AlisherMuallif
Manba: DAZN