Loik Remi: Nyukasldek mashxur klubda o'ynash men uchun sharaf

Tolibjon Qosimov
6 avg 2013, 13:38
O'tgan mavsumda "KPR" safida harakat qilgan Liok Remining "Nyukasl"ga o'tishi aniq bo'lgach, futbolchi bundan juda xursand ekanini aytib o'tdi.
"Men "Nyukasl" futbolchisiga aylanayotganimdan xursandman. Bunday buyuk klub safida harakat qilish men uchun katta sharaf. Klub qishda men bilan qiziqaytganini eshitib xursand bo'lgandim. Yozda ham ulardan bo'lgan taklifdan boshim osmonga etdi".

"Angliya premer-ligasi jahondagi eng yaxshi turnir. Men aynan shu chempionatda o'ynashni istayman. 2014 yilgi Jahon Chempionatida terma jamoam safida o'ynashga bo'lgan istak menga qo'shimcha motivaciya beradi. Buning uchun esa "Nyukasl" tarkibida yaxshi o'yin namoyish eta olishim lozim", deydi Remi.

Eslatib o'tamiz 26 yoshli fransiyalik hujumchi 2013/14 yilgi mavsumni "Nyukasl" tarkibida o'tkazadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru