Loftus-Chik A Seriyaga yo'l olishi mumkin

Alisher
10 iyun 2022
"Chelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chikga A Seriya klublari qiziqmoqda.

Jurnalist Adam Nyusonning xabariga ko'ra, shu jamoalar orasida Mauricio Sarri boshqarayotgan "Lacio" klubi ham bor.

Qayd etish kerakki, Loftus-Chik o'zining London klubidagi rolidan norozi. O'yinchi bosh murabbiy Tomas Tuxelga o'zini isbotlash uchun jamoada qolmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Mauricio Sarri "Chelsi"da futbolchi bilan 2018/19 yilgi mavsumda ishlagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AdamNewson