"Liverpul"ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
11 okt 2024, 22:35
Joel Matip endi futbolchi emas.

Futbolchi yozda "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etib, "Gamburg" safini to'ldirgandi.

Klub skauti Nuni Kuzchukovichning "Ruhr Nachrichten" nashriga bergan intervyusiga ko'ra, u 33 yoshli futbolchi bilan telefon orqali gaplashib, klub sport direktori bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini aytganda, futbolchi faoliyatini yakunlaganini tushuntirgan.

"Liverpul" tarkibida kamerunlik futbolchi APL, Angliya Kubogi, Liga Kubogi, Superkubogi, Yevropa chempionlar ligasi va superkubogiga ega chiqdi. "Shalke" tarkibida u Germaniya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Der Westen