

Bugun "Liverpul" Ayollar Superligasi doirasida "Manchester Yunayted"ni qabul qilishi kerak edi. Biroq, bahs boshqa kunda o'tkazilishi ma'lum bo'ldi. Bunga asosiy sabab - stadion. Cheshirdagi "Select Security" stadioni ayni damda shunday holatda.

15 dekabr kuni "Liverpul" ayollar jamoasi ushbu stadionda o'zining so'nggi uy o'yinini o'tkazgandi. O'shanda shunday holat kuzatilgandi.

Qayd etish kerak, "Liverpul" ayollar futboliga katta e'tibor bermaydi. Jamoa ayni damda birorta g'alabaga erishmagan va 3 ochko to'plagan holda turnir jadvalining so'nggi pog'onasida bormoqda.



