“Liverpul”ning ikki yarim himoyachisi safga qaytdi

Eldor Akmurzayev
29 okt 2021, 07:45
Mersisaydliklarni oldinda APL 10-turidan o'rin olgan “Brayton”ga qarshi bahs kutmoqda.

MYUga qarshi bahs (5:0)da maydondan zambilda olib chiqib ketilgan “Liverpul” yarim himoyachisi Nabi Keytaning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi va u umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Shuningdek, boldir mushaklari lat egan Tyago Alkantara ham tuzalib, mashqlarga kirishdi.

Eslatib o'tamiz, “Liverpul” - “Brayton” bahsi 30 oktyabr kuni “Enfild”da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru