Liverpulning Avstraliyadagi o'yiniga qancha odam keldi? FOTOGALEREYA

Narzulla Saydullayev
26 may 2017, 13:38
Liverpul klubning 125 yilligi munosabati bilan Avstraliyada Sidney klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.


Ingliz klubi safida Stiven Jerrard va Jeymi Karrager kabi sobiq futbolchilar ham maydonga tushishdi. Bu futbolchilarning o'rniga ikkinchi taymda Stiv Makmanaman va Daniel Agger tushishdi. Liverpul birinchi bo'limning o'zida uchta gol urib yakunda 3:0 hisobida zafar quchdi. Bahsni tomosha qilish uchun 72892 tomoshabin keldi.


"Sidney" Avstraliya – "Liverpul" Angliya 0:3 (0:3, 0:0)
"ANZ Stadium" stadioni. 72892 tomoshabin

Gollar:
0:1 – 7 Starridj, 0:2 – 18 Moreno, 0:3 – 38 Firmino.

"Sidney" – Vukovich, Rayell, Zullo (Gonzalez, 70), Uilkinson (Flottmann, 86), Karni (Lokoli-Ngoy, 59), O`Nil (Kuleski, 80), Grant, Brillant (Green, 69), Broske (Zuvela, 58), Blekvud (Mutch, 74), Bobo (Saymon, 46).

"Liverpul" – Karius (Minole, 74), Karrager (Agger, 46), Lovren (Matip, 46), Moreno (Rendell, 57), Djerrard (Makmanaman, 46), Uilson (Klavan, 46), Aleksander-Arnold, Leyva (Styuart, 46), Firmino (Lallana, 46), Starridj (Bryuster, 46), Vudbern.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia