

"Liverpul" klubi "Bornmut"da texnik direktori vazifasini bajarib kelgan Richard Xyuzni yangi sport direktori etib tayinladi. Xyuz 1 iyuldan yangi lavozimida ish boshlaydi.
Avvalroq, "Liverpul" yangi sport direktorining birinchi vazifasi Yurgen Klopp o'rniga munosib nomzod topish ekanligi ma'lum qilingandi.
Ma'lumot uchun, Richard Xyuz o'n yil davomida "Bornmut" klubida faoliyat olib borgan. Uning oxirgi lavozimi klubdagi texnik direktorlik edi.



