"Liverpul"ga "Real" yarim himoyachisi kerak

Alisher
23 yanv 2020, 16:57
"Liverpul" 27 yoshli xavbek Isko bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Real" o'z o'yinchisini 70 million evroga baholamoqda. Iskoga shuningdek "Manchester Siti" va "Chelsi" klublari ham qiziqmoqda.

Mersisaydliklar tarkibini Filippe Koutino tark etganidan beri yaxshi pleymeykarga ehtiyoj sezmoqda.

Isko joriy mavsum La Ligada "Real" safida 11ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Isko "Real"ga 2013 yilda "Malaga"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Desmarque