"Liverpul" yulduzi klubni tark etadi

Оқил Абдубарноев
3 mar 2023, 23:42
Yozda "Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino klubni tark etadi.

Braziliyalik futbolchi jamoasini o'zgartirishga qaror qilgan. Bu haqda u shaxsan murabbiy Yurgen Kloppga ma'lum qilgan.

Roberto ingliz klubini erkin agent sifatida tark etadi. Uning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi yozda o'z nihoyasiga etadi. 31 yoshli hujumchi mersisaydliklar safida 352 ta o'yin o'tkazib, 107 ta gol urgan va 78 assistni amalga oshirgan.

Avvalroq "Liverpul"ni Muhammad Saloh tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: BBC Sport